Kafedra haqida

Navoiy davlat pedagogika instituti, “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi 1992 yil tashkil etilgan.  Kafedrada ingliz, nemis va fransuz tillaridan barcha yo’nalishlarning  I-kursda 110 soat,  II-kursda 72 soat, III- kurslarida 70 soat mashg’ulot olib boriladi. Kafedrada 30  nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko`rsatadi., shundan  9 nafari katta o’qituvchi.Kafedrada professor- o`qituvchilar tomonidan 100 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etilgan.

2008-yil oliy ta’lim muassasalari nolisoniy guruh talabalari uchun   dotsent O’.T.Turniyozovning yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan “Le français” darsligi chop ettirilgan.

Fakultetlararo chet tillar kafedrasida 3 ta sho’ba tashkil etilgan. Ingliz tili sho’basi boshlig’i Ingliz  tili  o`qituvchi  Daminova N., fransuz tili sho’basi boshlig’i  o`qituvchisi Sidiqov G’., nemis tili sho’basi boshlig’i  o’qituvchi D.Qodirovalar boshqarib  kelmoqda.Bundan tashqari yosh avlodni ta`lim-tarbiya berishdagi ulkan pedagogik xizmatlari uchun kafedraning quyidagi professor-o`qituvchilari:Xatamova Nazira Kiyomovna, Fayziyeva Sanobar Tuyevna, Toshpo’latova Bolbuvi Normurodovna, Ashurova Mohira Xudoyberdiyevna, Erdanov Turg’un Ablaqulovich, Aslonov Asatillo Ekromovich, Xalilov Akmal Sattorovichlar O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Xalq ta`limi a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.

Institut birinchi bosqich fan olimpiadasidan g`olib chiqqan talabalar Respublika II-bosqich fan olimpiadasida ishtirok etishga  muofiq bo`ldilar.2012-yil 11-14-mayda BuxDU da fransuz tili fani bo`yicha tarix II-kurs talabasi A.Usmonov 3-o`rinni egallab, institutimiz sharafini ko`tardi.  Uning ilmiy rahbari T.Erdonov rag`batlantirildi..

O`zbekiston Respublikasining “Is`tedod” jamg`armasi granti g`oliblari,  2009 yil 16-noyabrdan 6-dekabrgacha Xatamova.N.Q. Malayziyaning Maro Xalqaro Universititida, Erdonov.T.A 2009 16-maydan 29-maygacha Germaniya Federativ Respublikasi Berlin shahrida “Myugelze ta’lim markazi” da “Ta’lim sektorini rivojlantrish dasturi loyihasi” , 2011-yil noyabr oyida filologiya fanlari nomzodi   S. Ismatov Fransiyaning Turen universitetida yangi pedtexnalogiyalar  bo’yicha malaka oshirib qaytdi. Kafedrani  ilk bor marhum ustoz,  dotsent O’. Turniyozov, keyinchalik katta o’qituvchi B.Toshpo’latova va filologiya fanlari nomzodi S.Ismatovlar boshqarib kelishgan.2014-yildan 2015-noyabrgacha boshlab kafedraga   A.S. Xalilov rahbarlik qilgan. 2015-yil dekabr oyidan G’.Yu. Sidiqov rahbarlik qilmoqda.

Manzil: 1- Yog’och  bino 2- qavat 211- xona

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat(barcha ta’lim yo’nalishlari uchun)

Magistratura(barcha ta’lim yo’nalishlari uchun)

Amaliy chet tili(ingliz, fransuz, nemis tillari)

Kafedra professor-o’qituvchilari

  1. Ashurova Mohira Xudoyberdiyevna
  2. Aslonov Asatillo Ikromovich
  3. Bozorova  Inobat  Ramazonovna
  4. Daminova  Nilufar Raxmatullayevna
  5. Erdanov Turg’un  Abloqulovich
  6. Ergasheva Chinnigul Yuldashevna
  7. Eshboyev Javlon Izzatullayevich
  8. Fayziyeva Sanobar To’yevna
  9. Hasanova Gulshan Hayitovna
  10. Ne’matova Nargiza Azimovna
  11. Pirmanova Gavhar  Nazarqulovna
  12. Qodirova Dilnoza Mamadiyorovna
  13. Safarova Musallam Axmatovna
  14. Saidova Surayyo Yorqulovna
  15. Samandarova Mukarram Buriyevna
  16. Shavdirova Risolat Karimovna
  17. Sherova Dilfuza Boltayevna
  18. Shukurov Nusratillo Narzullayevich
  19. Sidiqov G’iyosjon Yusufovich
  20. Sobirova Gulnoza Rahmatullayevna
  21. Supiyev Shavkat Axmatovich
  22. Suyunova Hilola Azamatovna
  23. Toshpo’latova Bolbuvi Normurodovna
  24. Toshpulatova Nargiza Samartdinovna
  25. Xoliqova Dildora Yadullayevna
  26. Xudoyorova Dildora Najmiddinovna
  27. Xudoyorova Rayxon Shamsiddinovna
  28. Yuldosheva Tanzila Siddiqovna

Ilmiy uslubiy ishlar

Kafedraning professor-o`qituvchilari N.Xatamova, N.Nematova J.Eshboyev, Sh.Supiyevlarning  uslubiy qo`llanmalari  chop etilayapti. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan belgilangan standard  asosida amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv-uslubiy majmualar, ishchi o’quv dasturlar tuzilgan.Kafedra katta o’qituvchisi G. Pirmanovaning monografiyasi e’lon qilindi.

Institut talabalari uchun ingliz tili katta o`qituvchisi R.K.Shavdirova tomonidan “Learn English” uslubiy qo’llanmasi yaratildi.

 

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus