A+
A
A-

Navoiy davlat pedagogika instituti  Axborot  resurs markazida 8 –Fevral  O`zbek adabiyotinig asoschisi, shoir, olim, ma`rifatparvar, faylasuf, musiqasunos  davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy  tavalludinig 577 yilligiga   bag`ishlangan

 “She’riyat sultoni shoirlar podshosi”

 nomli adabiy –badiiy kecha

2018-yil 8-fevral kuni NDPI faollar zalida O’zbek adabiyotining asoschisi shoir, olim, ma`rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan ,, She’riyat sultoni- shoirlar podshosi” deb nomlangan adabiiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi. Tadbirni Axborot resurs markazi direktori X.K.Artikov  kirish so`zi bilan ochib berdi. Tadbirda O`zbek tili va adabiyot fakulteti 1,2,3-guruh talabalaridan  Muxammadiyeva Sanobar Namozova Zuhro, Jalilova Gulzoda,  Mardieva  Kimyoxon, Shokirova Asal, Muxtorova Muxlisalar hamda Tarix fakulteti talabasi Eshqulova Gulmiralar  Alisher Navoiy g`azallaridan aytdilar.Shuningdek faol foydalanuvchilarimiz Canaqulova Nazokat va Oydinov Sardor Alisher  Navoiyning   dramasidan   o`rin olgan ‘’ Guli va Navoiyning uchrashuvi’  sahna ko`rinishini  namoish etdilar. Tadbirda xotin-qizlar qo’mitasi raisi tibbiyot fanlar nomzodi D.E. Quvondiqova,  Alisher Navoiy haqida o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi  sifatida adabiyot ixlosmandlari uchun ulkan badiiy xazina meros qoldirib ketdi. Alisher Navoiy ijodi bebaxo xazinadir deb  ta`kidlab o’tdilar. Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabasi  Murodullaeva  Go’zal, o’zbek tili va adabiyot  fakulteti talabasi Zaydinova Muborak o’zlarini  raqs va qo’shiqlari bilan kechamizga  yanada  ko’tarinki ruh bag’ishladi.  Tadbirni o’zbek   tili va adabiyot fakulteti  3- guruh talabalari     Eshpo’latova  Mohira,  Yo’ldoshev  Jasurlar olib bordi. Tadbirimiz juda  qiziqarli va maroqli o’tdi.

 

 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus