All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari davom etmoqda

 Xabaringiz bor, Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish maqsadida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda. 1-may kuni mazkur sport musobaqalari Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari ishtirokida o‘tkazildi.

Talabalar 100, 3 000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holatdan gavdani koʻtarib tushirish kabi maxsus talablarni bajarishmoqda.