All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari davom etmoqda

  Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish maqsadida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda. Jumladan Tarix, Tabiiy fanlar, Tibbiyot, Rus va qozoq filologiyasi, San’atshunoslik fakultetlari talabalari belgilangan normativlarni topshirishdi.

Ma’lumot uchun, sport sinovlari yakunida yosh toifasiga qarab belgilangan talablar bo‘yicha natijalarga ko‘ra ishtirokchilar I, II hamda III darajaga ega bo‘lishadi. 10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.