Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, ayniqsa ulug’ vatan urushi qatnashchilariga bo’lgan e’tibor diqqat markazimizda bo’lib kelmoqda. Joriy yilning 4-may kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida «9-may xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi, 1920 yilda tug’ilgan, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Pirnazar bobo Turdiyev, institut yoshlar yetakchisi Akmal Zokirov, fakultet rahbariyati, tyutor va talabalar ishtirok etdi. Pirnazar bobo Stalingrad, Ukraina, Belarus, Polsha, Germaniyadagi janglarda ishtirok etgan. Pirnazar bobo talabalarga o’z xotiralarini ulashdi, bugungi tinchlikni qadriga yetish, uni asrab avaylash lozimligini uqtirdi.
Hozirda Pirnazar bobo 104 yoshda. «Sog‘lom bo‘lishning «dorisi» – mehnat. Odam mehnat qilsa, chidamli bo‘ladi», – deydi Pirnazar bobo.