All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

JADIDLAR YODI BARHAYOT!

 NavDPI tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri professor N.Safarova va kafedra katta o’qituvchisi Sh.Atoyevalar tomonidan Tarix fakulteti ijodkor talabalari ishtirokida “Jadidlar yodi so’nmagay” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirni kirish so’zi bilan Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ochib berdi. Tadbirda prof. N.Safarova “Jadidlar millat yuragida mangu yashaydi” mavzusida ma’ruza qildi.

 

Talabalar ijrosida Jadid bobolarimiz ijodidan she’rlar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Jumladan, “Cho’lpon hayoti”, “Padarkush” dramasi hamda “O’tkan kunlar” romanidan sahnaviy ko’rinishlar ijro etildi.