A+
A
A-

Navoiy davlat pedagogika instituti,Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti faollar zalida 2018 yilning 31-yanvar kuni 10:30 da  O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tayyorlangan" Ezgulikka baxshida etilgan umr" deya nomlangan tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirning kirish so'zida  institutimiz rektori dots.B.X.Daniyarov O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning ezgu ishlari,bukilmas iroda,mardlik,vatanparvarlik va adolatparvarligi to`g`risida hammamizga ibrat va namuna bo`lishini ta`kidlab o`tdilar. Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti dekani Sh.Xudoyorov va boshlang`ich ta`lim kafedrasi mudiri M.Ernazarova so`zga chiqdilar. Kechaning musiqiy va badiiy qismlari talaba-yoshlar tomonidan ko'tarinki kayfiyat bilan yakunlandi.


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus