loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

QOZOG’ISTONLIK PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR INSTITUTDA

  Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Muhtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida kecha, 16-aprel kuni  universitet dotsentlari: T. Ibragimov, M. Ermaxanov, E. Amirbekovlar Tabiiy fanlar fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fakultet talabalari bilan “Entomologiya” fanidan dars mashg’ulotlari olib borildi. Shu bilan birga kafedra jamoasi bilan birgalikda seminar-trening o‘tkazildi.  Navoiy davlat pedagogika […]

Navoiyda Xalqaro Tasviriy va amaliy sanʼat festivaliga start berildi

 Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi, Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “To‘siqsiz San’at” nomli rasmlar koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Navoiy shahridagi “Sanʼat galereyasi”da San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari Sherzod Choriyev, Furqat Aslonov, Obid Qodirov hamda Dastgohli rang-tasvir yo‘nalishining 3-bosqich talabalari tomonidan yaratilgan san’at asarlari namoyish […]

“Ulug’lar yodi” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf va Xalq yozuvchisi Tog’ay Murod hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Ulug’lar yodi” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida tashkil etilgan “Qaqnus” adabiy klubining navbatdagi tadbirida shoir Muhammad Yusufning rafiqasi Nazira as-Salom va yozuvchi Tog’ay Murodning turmush o‘rtog’i Mas’uma Ahmedovalar  tadbirda bo‘lishdi. Ushbu tadbirda har ikkala […]

“Eko-zakovat” musobaqasi oʻtkazildi

 Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy Davlat pedagogika instituti, Navoiy Davlat koncilik instituti, 7- maktab hamda Zakovat intellektual klubi hamkorligida  15-aprel  kuni  “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan “Eko-Zakovat” intellektual musobaqasi oʻtkazildi.    Musobaqada oliy taʼlim muassasasi talabalari hamda maktab oʻquvchilari ishtirok etdi. Oʻyinda ishtirokchilar ekologiyaga oid 24 ta savolga javob berib, oʻz bilimlarini […]

Ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish

 13-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti «Biologiya» yo‘nalishi professor-oʻqituvchilari va talabalari  hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi A.Amonov hamda viloyat Kengashi xodimasi G.Zohidova vakillari ishtirok etdilar. Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar ekologik qonunchilik-ekologik huquqni taʼminlash omili mavzusida chiqishlar qilib butun dunyoda global boʻlgan ekologik muammolar va ularning insoniyatga taʼsiri toʻgʻrisida tushunchalar berish bilan bir […]

INSTITUTDA XON ATLAS FESTIVALI O‘TKAZILDI

 Joriy yilning 8-14-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilmoqda. Navoiy davlat pedagogika institutida ham “Xon atlas” festivali yuqori kayfiyat ila tashkil etildi. Festivalda institut rahbariyati, xotin-qizlar kengashi, viloyatning faol xotin-qizlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda talaba-yoshlar faol qatnashishdi.     Tadbir davomida iqtidorli talabalarimizning badiiy chiqishlari, dizayner talabalarimizning milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti, rassomchilik, […]

TALABALAR O‘RTASIDA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TADI

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-apreldagi «Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 106-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 1-10 iyun kunlari “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va AT fanlaridan Respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Mazkur olimpiada bitiruvchi kurs talabalar ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etuvchi talabalar olimpiada.edu.uz saytidan […]

Profilaktik tadbir

  Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi xodimlari tomonidan Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida anonim so’rovnoma olindi. Shuningdek profilaktik uchrashuv davomida talabalarga korrupsion holatlarga duch kelganda bo’limning ishonch telefoni hamda anonim murojaat uchun tashkil qilingan telegram boti @NavDPI_anticor_bot orqali murojaat qilish kerakligi va murojaatchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi ta’kidlandi.

TURKIY TILLARNING KELIB CHIQISHI VA TURKIY ADABIYOTNING RIVOJLANISH BOSQICHLARIGA BAG’ISHLANGAN 12 SOATLIK DARS MASHGʻULOTI YAKUNLANDI

  Avval xabar  berganimizdek, Turkiyaning Marmara universiteti oʻqituvchisi Gunesh Nureyxonim Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldi. Institut rektori Bahodir Sobirov bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish yuzasidan uchrashib, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalariga amaliy dars mashgʻulotlarini olib bordi. Bugun Turkiyalik mehmonga sertifikat va amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazganligi uchun institut rektorining Tashakkurnomasi topshirildi. Shuningdek, tarjimon, Oʻzbek tili va […]

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish choralari muhokama qilindi

  Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ishlarni manzilli va samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish, buxgalteriya hisobi va hisoboti, ishlar boshqarmasi, axborot xizmati bo‘limi vakillari, barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlikning hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok […]