Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy Davlat pedagogika instituti, Navoiy Davlat koncilik instituti, 7- maktab hamda Zakovat intellektual klubi hamkorligida 15-aprel kuni “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan “Eko-Zakovat” intellektual musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada oliy taʼlim muassasasi talabalari hamda maktab oʻquvchilari ishtirok etdi. Oʻyinda ishtirokchilar ekologiyaga oid 24 ta savolga javob berib, oʻz bilimlarini namoyish etishdi.
Ushbu tadbirni oʻtkazishdan maqsad, ekologik bilimlarni targʻib qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish, Ona tabiatimizga boʻlgan mehr-muhabbatni oshirish, dolzarb ekologik muammolar va atrof-muhit holati haqida maʼlumot berishdir. Tadbir yakuniga koʻra 1-oʻrinni “Oxygen”, 2-oʻrinni “Status” va 3-oʻrinni “Yosh muhandis ekologlar” jamoasi egalladi. Gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.