Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ishlarni manzilli va samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Unda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish, buxgalteriya hisobi va hisoboti, ishlar boshqarmasi, axborot xizmati bo‘limi vakillari, barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlikning hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-81-son qarori bilan tasdiqlangan “E-Anticor.uz” elektron platformaga ma’lumotlar joylashtirish tartib-tamoyillarini tushuntirildi hamda vazirlikning 20-son bayonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.