loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

QOZOG’ISTONLIK PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR INSTITUTDA

  Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Muhtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida kecha, 16-aprel kuni  universitet dotsentlari: T. Ibragimov, M. Ermaxanov, E. Amirbekovlar Tabiiy fanlar fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fakultet talabalari bilan “Entomologiya” fanidan dars mashg’ulotlari olib borildi. Shu bilan birga kafedra jamoasi bilan birgalikda seminar-trening o‘tkazildi.

 Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov xorijlik olimlar bilan uchrashuv o‘tkazib, olib borilgan dars mashg’ulotlari haqida suhbatlashildi hamda oliygohlar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshiriladigan kelgusidagi ilmiy-amaliy loyihalar, dasturlar va rejalar xususida to‘xtaldi. Universitetning 80 yillik yubileyiga bag’ishlab chop etilgan to‘plamni institut fondiga topshirildi.