loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiyda Xalqaro Tasviriy va amaliy sanʼat festivaliga start berildi

 Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi, Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “To‘siqsiz San’at” nomli rasmlar koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahridagi “Sanʼat galereyasi”da San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari Sherzod Choriyev, Furqat Aslonov, Obid Qodirov hamda Dastgohli rang-tasvir yo‘nalishining 3-bosqich talabalari tomonidan yaratilgan san’at asarlari namoyish etildi. Festival doirasida liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

 

Marosimda O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi mas’ullari, institut rahbariyati, fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.