13-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti «Biologiya» yo‘nalishi professor-oʻqituvchilari va talabalari hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi A.Amonov hamda viloyat Kengashi xodimasi G.Zohidova vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar ekologik qonunchilik-ekologik huquqni taʼminlash omili mavzusida chiqishlar qilib butun dunyoda global boʻlgan ekologik muammolar va ularning insoniyatga taʼsiri toʻgʻrisida tushunchalar berish bilan bir qatorda ekologik holatlarni oldini olish borasida insoniyat birdek kurashishi lozimligi xususida qator tavsiyalar ham berib oʻtdilar.
Davra suhbati jonli muloqot sifatida oʻtkazilib uning davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.