All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Tyutorlar faoliyatini tashkil etishga bag‘ishlangan namunaviy seminar-trening tashkil etildi

  I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan namunaviy seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening yuqori saviyada tashkil qilinib, unda tyutorlik institutini rivojlantirish, ular faoliyatini takomillashtirish, talaba-qizlar bilan profilaktik ishlarni jadallashtirish, axborot-murabbiylik soatlari, talabalarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari, talabalar bilan individual va jamoaviy ishlashning psixologik jihatlari, […]

“Bo’lajak olim” startap loyihalar start oldi

Navoiy davlat pedagogika instituti  tomonidan “Boʻlajak olim” tanlovining 2023- yildagi iqtidorli yoshlarning startap loyihalari bo’yichа arizalar qabul qilish boshlandi. O’zbekiston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm- fanga keng jalb etishdan iborat.  Startap loyihalar tanlovi […]

INSTITUTDA “TYUTORLAR BOGʻI” BARPO ETILDI

  Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida tyutorlar, shuningdek, “Qalqon” jamoasi va koʻngilli talabalar tomonidan Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari joylashgan bino atrofi yer-maydonida 500 dona archa koʻchatlari ekildi. Ushbu bogʻga “Tyutorlar bogʻi” deb nom berildi. Bungacha institutda “Professor-oʻqituvchilar bogʻi” va “Talaba-yoshlar bogʻi” tashkil etilgan edi. Endi bu bogʻlarning soni yana bittaga koʻpaydi.    […]

Navoiy davlat pedagogika instituti «Top 10 innovator» loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.

Navoiy davlat pedagogika instituti «Top 10 innovator» loyihalar tanlovini eʼlon qiladi. Ushbu tanlovda: • ilmiy-innovatsion • ijtimoiy • iqtisodiy • huquqiy yoʻnalishlar doirasidagi startap loyihalar qabul qilinadi. • Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlganlar joriy yilning 5-oktyabrdan 30-oktabrga qadar ariza qoldirishlari mumkin. • Batafsil maʼlumot va qoʻshimcha savollar yuzasidan “Inkubatsiya va akseleratsiya“ markaziga murojaat qilishingiz mumkin. […]

BIZ ERTA TURMUSH VA ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ

  «Biz erta turmush va zo’ravonlikka qarshimiz» mavzuda Tarix fakulteti talaba-qizlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Tadbirni NavDPI birinchi prorektor X.Qurbonov ochib, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida fikrlarini aytib oʻtdi. Institut profilaktika inspektori S.Xusenova, Navoiy viloyati Ona va bola Skrining markazi shifokori L.Rustamova, psixolog D.Abduraimova, […]

REKTOR VA SPORTCHILAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI

   Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov bilan sportchi talabalar uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv avvalida “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi” va boshqa sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan talabalarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Shundan soʻng, 2-5-noyabr kunlari besh tashabbus olimpiadasining final bosqichiga yoʻllanma olgan sportchilar bilan suhbat qilindi. Ularga oldinda kuchli raqobat, masʼuliyat borligi va […]

“Talant shou“ga start berildi

  Iqtidorli talaba-yoshlarni kashf etish, ularni munosib rag’batlantirish hamda yoshlar bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun Navoiy davlat pedagogika institutida turli tanlovlar va tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Shunday tanlovlardan biri kuni kecha Yoshlar markazida “Talant shou” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Institut yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan tashkil etilgan va talabalarning iqtidorini kashf etishga bag’ishlangan tanlovda 11 […]

Sport turlari bo‘yicha olimpiada bosqichi g‘oliblari ishtirokida uchrashuvi

 Joriy yilning 25-oktabr kuni Matematika-informatika fakultetida Sport turlari bo‘yicha olimpiada bosqichi g‘oliblari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   Tadbirda sportchilar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘l, mashg‘ulot jarayonlari, orzu va maqsadlari haqida so’zlab berishdi. Chempionlar “Master klass” o‘tib bergani esa talabalarga unutilmas onlarni hadiya etdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

PROFILAKTIK VA TARG‘IBOT TADBIRLARI TIBBIYOT FAKULTETIDA BO‘LIB O‘TDI

 NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tojiyev fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda Tibbiyot fakulteti 1-bosqich “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yo‘nalishi talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazdi. Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog‘liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek uchrashuvda talabalarga […]

Futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi

Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlar oʻrtasida futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrugʻi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, sportning mini-futbol turi boʻyicha “Rektor kubogi” uchun oʻyinlar juda qiziqarli uchrashuvlar bilan boshlandi. “Rektorat” jamoasi hamda Fizika-texnologiya fakulteti oʻrtasida […]