All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi

Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlar oʻrtasida futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrugʻi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, sportning mini-futbol turi boʻyicha “Rektor kubogi” uchun oʻyinlar juda qiziqarli uchrashuvlar bilan boshlandi.

“Rektorat” jamoasi hamda Fizika-texnologiya fakulteti oʻrtasida boʻlgan dastlabki oʻyin 5:3 hisobida rektorat jamoasining foydasiga hal boʻldi. Keyingi oʻyinlarda Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari oʻzaro to‘p surdi. Natijada 2:3 hisobida Jismoniy madaniyat fakulteti gʻalaba qozondi.

Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Tarix fakultetlari oʻrtasidagi oʻyin 3:2 hisobida tilchilar foydasiga hal bo‘ldi. Matematika-informatika 3:0 hisobda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti jamoasi ustidan gʻalaba qozondi.