Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida tyutorlar, shuningdek, “Qalqon” jamoasi va koʻngilli talabalar tomonidan Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari joylashgan bino atrofi yer-maydonida 500 dona archa koʻchatlari ekildi. Ushbu bogʻga “Tyutorlar bogʻi” deb nom berildi.
Bungacha institutda “Professor-oʻqituvchilar bogʻi” va “Talaba-yoshlar bogʻi” tashkil etilgan edi. Endi bu bogʻlarning soni yana bittaga koʻpaydi.
Ishonamizki, ekilgan ushbu daraxtlar kelajakda ekologiyaga oʻz taʼsirini koʻrsatib, havo tozaligiga xizmat qiladi.