loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

PROFILAKTIK VA TARG‘IBOT TADBIRLARI TIBBIYOT FAKULTETIDA BO‘LIB O‘TDI

 NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tojiyev fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda Tibbiyot fakulteti 1-bosqich “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yo‘nalishi talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazdi.

Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog‘liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan tanishtirilib, amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, bo‘lim tomonidan anonim murojaatlar uchun telegram-bot (@NavDPI_anticor_bot), har bir o‘quv binosiga o‘rnatilgan “Adolat” qutilari hamda bo‘limning “Talaba-yoshlar“ klubi faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Bu kabi uchrashuvlar fakultetlar bo‘ylab davom etmoqda.