loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Talant shou“ga start berildi

  Iqtidorli talaba-yoshlarni kashf etish, ularni munosib rag’batlantirish hamda yoshlar bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun Navoiy davlat pedagogika institutida turli tanlovlar va tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Shunday tanlovlardan biri kuni kecha Yoshlar markazida “Talant shou” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Institut yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan tashkil etilgan va talabalarning iqtidorini kashf etishga bag’ishlangan tanlovda 11 ta fakultetdan kelgan yoshlar pozitiv kayfiyat, raqslar va kuy-qo‘shiqlar ostida qobiliyatlarini namoyish qildilar.