loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

9-APREL — BUYUK DAVLAT ARBOBI, SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN

  Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tomonidan “Amir Temur — buyuk sarkarda” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Sohibqironning hayoti, olib borgan siyosati, iqtisodi, davlat boshqaruvida adolat va xalqparvarligi borasida ma’lumotlar berildi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

QIZ BOLA – MILLAT KELAJAGI

 Joriy yilning 5-aprel kuni Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat Fondi, Navoiy viloyati «Ustozlar» nodavlat notijorat tashkiloti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi «Qiz bola tarbiyasi – millat kelajagi» Davlat granti doirasidagi «Qiz bola – millat kelajagi»  tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tanlov viloyat […]

AMIR TEMUR BOBOMIZGA MUNOSIB AVLOD BO’LAYLIK

  Navoiy davlat pedagogika instituti  Matematika informatika fakulteti 3-K guruh talabalari va tyutori M.Amonov tashabbusi bilan, Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag’ishlab «Amir Temur bobomizga munosib avlod bo’laylik» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Amir Temur asos solgan buyuk davlat o‘zining turli bosqichlarida — ham Turon, ham Xuroson, ham Eron, ham Hindistonda adolat me’yorlariga asoslangan tuzum sifatida […]

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

 Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida “Maktabgacha taʼlimning rivojlanish strategiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanni institut rektori, professor Bahodir Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi va konferensiya ishida muvaffaqiyat tiladi. Maktabgacha taʼlimning rivojlanish strategiyalari” mavzusidagi o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga xorijlik mutaxassislar, jumladan Filippin, AQSHdan professor-o‘qituvchilar offlayn tarzda ishtirok etishdi.      […]

PRESS-TUR: JURNALIST VA BLOGERLAR INSTITUTDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR BILAN TANISHDILAR

  Navoiy davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida press tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi. Press turda ommaviy axborot vositalari vakillari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning taʼlim olishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, axborot-resurs markazi faoliyati, sport maydonlari, […]

KITOB – TAFAKKUR QANOTI

 Ma’lumki, talabalar qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishtalarni-rishtalarga ulovchi vosita. Shuning uchun har bir inson, har bir kitobxonda kitob o‘qish, axborot olish madaniyatini yanada rivojlantirishi kerak. Kitob – tafakkur qanoti hisoblanadi. Bu qanot mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kitobga bo‘lgan qiziqish o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy […]

Gender tenglik, talaba-qizlar o’rtasida tazyiq va zo’ravonlikni oldini olish mavzusida davra suhbati

 Gender tenglik, talaba-qizlar o’rtasida tazyiq va zo’ravonlikni oldini olish mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida talaba-qizlarga ma’lumotlar berish maqsadida Navoiy viloyat reabilitatsiya markazi bir gurux mutaxassis xodimlari bilan bir qatorda Navoiy shahar Tergov bo’limi xodimlari ham ishtirok etdi. Shu bilan birga institut Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi, psixolog va inspektorlar o’zlarining jamoaviy xarakterga xos […]

TYUTORLAR MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA BIR OYLIK O‘QUV KURSLARIGA START BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-martdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar malakasini oshirish uchun 1 oylik o‘quv kurslari boshlandi. O‘quv kurslarining birinchi kunida institut rektori, professor B.Sobirov ishtirok etib, mazkur seminarlardan ko‘zlangan maqsad hamda ahamiyati haqida to‘xtaldi. Oylik davomida “Yangi Konstitutsiya va yoshlar […]

“Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik uchrashuv

 Xabaringiz bor, 2024-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi – Senat raisi Tanzila Narbayeva raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazilgan edi. Mazkur majlis qaror talablarini yetkazish maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. […]

MAKTABLARGA METODIK YORDAM KO‘RSATILDI

 Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti o‘qituvchilari S.Salimov va F.Junayevlar viloyatning olis cho‘l hududida joylashgan, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha qizil toifadagi Konimex tumani “Qaraq-Ata” ovulidagi 20-umumta‘lim maktabi va “Orazjan” ovulidagi 13-umumta‘lim maktabida bo‘lishdi. Mazkur maktablarning “Abiturient shtabi” bilan tanishib, o‘quvchilar bilan “Men tanlagan universitet” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Hamda tarix faniga oid qiziqarli […]