O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-martdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar malakasini oshirish uchun 1 oylik o‘quv kurslari boshlandi.
O‘quv kurslarining birinchi kunida institut rektori, professor B.Sobirov ishtirok etib, mazkur seminarlardan ko‘zlangan maqsad hamda ahamiyati haqida to‘xtaldi.
Oylik davomida “Yangi Konstitutsiya va yoshlar siyosati”, “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi islohotlar”, “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati”, “Talaba-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”, “Globallashuv va yoshlar axloqi”, “Tyutorlik faoliyatining texnologiyalari, vositalari, funksiyalari” kabi 40 dan ortiq turli mavzularda o‘quv-seminarlari olib boriladi.