All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MAKTABLARGA METODIK YORDAM KO‘RSATILDI

 Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti o‘qituvchilari S.Salimov va F.Junayevlar viloyatning olis cho‘l hududida joylashgan, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha qizil toifadagi Konimex tumani “Qaraq-Ata” ovulidagi 20-umumta‘lim maktabi va “Orazjan” ovulidagi 13-umumta‘lim maktabida bo‘lishdi.

Mazkur maktablarning “Abiturient shtabi” bilan tanishib, o‘quvchilar bilan “Men tanlagan universitet” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Hamda tarix faniga oid qiziqarli savol-javoblar olib borildi. Faol qatnashgan o‘quvchilar tarix faniga oid kitoblar bilan taqdirlandi.