Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika informatika fakulteti 3-K guruh talabalari va tyutori M.Amonov tashabbusi bilan, Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag’ishlab «Amir Temur bobomizga munosib avlod bo’laylik» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Amir Temur asos solgan buyuk davlat o‘zining turli bosqichlarida — ham Turon, ham Xuroson, ham Eron, ham Hindistonda adolat me’yorlariga asoslangan tuzum sifatida olam ahlining diqqatini o‘ziga tortib, hanuz tarixiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Bugungi kunda Sohibqironning sud va qonunchilikka munosabati ham alohida ko‘mak vazifasini o‘taydi.
O‘zbekiston istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirish, jipslashtirish, iymon-oqibatli bo‘lish, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi- yangi kuch-quvvat va shijoat bagishlab turibdi»: dedi fakultet dekani A.O.Norbekov.