loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

QIZ BOLA – MILLAT KELAJAGI

 Joriy yilning 5-aprel kuni Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat Fondi, Navoiy viloyati «Ustozlar» nodavlat notijorat tashkiloti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi «Qiz bola tarbiyasi – millat kelajagi» Davlat granti doirasidagi «Qiz bola – millat kelajagi»  tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tanlov viloyat Yoshlar markazida tashkil etildi. Tanlovda Navoiy davlat pedagogika institutining 200 nafar talaba qizlaridan 35 nafari 5 ta shart asosida, ya’ni  «Orzu va hayot», «Oilada teglik -bu», «Men millat kelajagini  tarbiyalayman»,  «Mening orzularim», «Erkin mavzu» kabilar bo’yicha insho, esse va ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, nominasiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi va munosib ravishda Ustozlar nodavlat notijorat tashkiloti raxbari M.Yo’ldosheva tomonidan  Tashakkurnoma, Sertifikat va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimini Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi, Loyiha modiratori, N.X.Tursunova olib bordi. Unda Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani G.SHamsutdinova institut talaba-qizlarini tabrikladi.

Professor-o’qituvchilardan R.Rizaeva, Tabiiy fanlar fakulteti dekan maslahatchisi N.Muxammedova, Fizika-texnologiyalar fakulteti dekan maslahatchisi D.Kamolovalar ham ishtirok etib, talaba qizlar yutuqlarini birgalikda olqishladilar. Loyihadan ko’zangan maqsad: qizlarni har tomonlama, sog’lom, yuksak bilimli va ma’naviyatli Onalar etib tarbiyalash va hayotda munosib o’rin egallashda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tarbiyasidan keng foydalanish.