Ma’lumki, talabalar qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishtalarni-rishtalarga ulovchi vosita. Shuning uchun har bir inson, har bir kitobxonda kitob o‘qish, axborot olish madaniyatini yanada rivojlantirishi kerak. Kitob – tafakkur qanoti hisoblanadi. Bu qanot mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kitobga bo‘lgan qiziqish o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Har bir inson kitoblar orqali uning ma’naviy xazinasidan, cheksiz imkoniyatidan iloji boricha ko‘proq foydalanib, o‘zining, o‘zgalarning hayotini mazmunan boyitishi mumkin.
Kitob-ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish nafaqat bizni ma’nan yuksaltiradi, balki jahonga tanitadi, ezgulikka yetaklaydi. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Bir haftada bir kitob” loyihasining ushbu haftadagi tanlovi e’lon qilindi. Navbatdagi kitob Said Ahmadning “Jimjitlik” asari bo‘ldi. Yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan talabni o‘rganish, shu jumladan, badiiy, ma’rifiy, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga doir adabiyotlarning bugungi kabi o‘tkaziladigan loyihalardagi ro‘yxatini shakllantirish tizimini takomillashtirish ayni kunning dolzarb vazifasi hisoblanib, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirishda eng tasirchan omillardandir.