Kafedra haqida.
O’zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyati bilan bevosita aloqalari rivojlanayotgan hozirgi davrda buyuk kelajagimizning davomchilari bo’lmish yosh avlodga, jumladan, oliy ta’lim muassasasi talabalariga matematika fanidan bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularning bilish faolligini oshirish, buning uchun matematika fani o’qituvchilari malakasini ilg’or, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oshirish vazifasi qo’yildi.
“Matematika o’qitish metodikasi” kafedrasi tarixi:
“Matematika o`qitish metodikasi” kafedrasi 1992 yil 15 aprelda “Matematik analiz va informatika” kafedrasi bazasida tashkil qilingan bo’lib, unga 1992–1997 yillarda t.f.n.O.O.Suvonov, 1997–2001 yillarda dots. A.Hakimov, 2001–2006 yillarda dots.M.J.Uluqnazarov, 2006–2012 yillarda f.-m.f.n. E.A.Chuliyev, 2012-2019 yillarda f.-m.f.d., prof. S.A.Imomkulov rahbarlik qilishgan. 2019 yildan boshlab kafedrani f.-m.f.n S.X.Abjalilov boshqarmoqda.Kafedrada jami 30 ta a’zo bo’lib, shundan 1 nafari Phd, 5 nafari fan nomzodi, 7 nafari katta o’qituvchi va 17 nafari o’qituvchilardir. Kafedra a’zolari “Matematika fanlarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarini qo’llash” mavzusida ilmiy metodik ish olib bormoqdalar. Ilmiy – metodik ishlar natijasi keyingi uch yilda chop etilgan 60 dan ortiq maqola, tezislar hamda 10 dan ortiq uslubiy qo’llanmalarda o’z aksini topgan.Kafedramizning katta o’qituvchisi Ashurova D.N. “Algebra va sonlar nazariyasi fanidan dasturiy didaktik majmua yaratish va dars samaradorligini oshirish metodikasi” mavzularidagi dissertatsiya ishlarini himoya qilib,PhD darajasini oldi. Ayni vaqtda kafedraning o`qituvchilaridan ikki nafari, Ibodullayeva Nafisa va Sobirov Jasurlar Navoiy Davlat Pedagogika instituti qoshidagi tayanch doktoranturada tahsil olmoqda.Kafedrada dots.Abjalilov S.X. rahbarligida “Matematika fanlarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarini qo’llash” mavzusida ilmiy seminar tashkil qilingan.Kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy hamda tadbirkorlik ishlarini talab darajasida amalga oshirish maqsadida kafedrada quyidagi professor-o`qituvchilar o’zlarining mehnatlarini ayamasdan ishlab kelmoqdalar. dotsentlar: Abjalilov S.X., Hakimov A., Uluqnazarov M.J., Jalilov A.A., Cho`liyev E.A., Ashurova.D.N., katta o`qituvchilar: Norchayev T.Yu., Shotemirov Y.S., Fayziyev M.Sh., Muzaffarova L.M., Jumayev S.S., Do`stov S.T., Abdurahmonov G`.E., o`qituvchilar: Tursunova E.M., Eshpo`latov B.X., Qodirova Sh., Shodiyev Sh.Sh., Majidov Sh.A., Norchayev R.T., Sayfullayeva G.S., Turlibayeva G.M., Djumanazarova N.M., Begmurodov O.A., Jumayeva N.F., Mansurov D.R., Ergashova Sh.H., Boymurodov J.H., Axmadov I.A., G`offorova D.Sh., Ashurova G.Sh.lar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar.Kafedraning yetakchi mutaxassislari talabalarning dunyoqarashini o`stirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga, dunyoviy ilmlar bilan qurollanishga o`zlarining munosib ulushlarini qo`shish bilan cheklanib qolmasdan, kafedraning yosh o`qituvchilariga yaqindan ilmiy, uslubiy va amaliy yordam ko`rsatib kelishmoqda.Iqtidorli talabalarni ilmiy anjumanlarga jalb qilish yaxshi olib borilmoqda. 2018-yil 13-27 oktabr kunlarida “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri prof.S.A.Imomkulov, shu kafedra doktaranti Ibodullaeva Nafisa va “Matematika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Akramov Nurali Rossiya federatsiyasi Boshkirdiston Davlat universitetiga ularning taklifnomasiga asosan ilmiy safarda bo‘ldilar.Ikki haftalik safar mobaynida prof.S.A.Imomkulov Boshkirdiston Davlat universitetining Matematika fakultetining ilmiy seminarida ma’ruza o‘qidi, bundan tashqari fakultetning 2-bosqich Magistratura talabalari uchun “Subgarmonik funksiyalar va potensiallar nazariyasi” mavzusida ma’ruza o‘qidi. 3-kurs talabalari uchun “Haqiqiy o‘zgaruvchining funksiyalar nazariyasi” fanida “Ko‘p o‘zgaruvchining funksiyalari uzluksizligi” mavzusida ma’ruza o‘qidi va shu mavzu yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tdi. Doktarant Ibodullaeva Nafisa va 4-kurs talabasi Akramov Nurali 16-20 oktabrlarda o‘tkazilgan Fundamental matematika bo‘yicha doktorantlar, magistr talabalar orasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyaga yaxshi ishtirok etdilar. Natijada Ibodullaeva Nafisa va Akromov Nuralining ma’ruzalari 1-2-darajali diploma bilan taqdirlanishdi. Qolgan kunlarda Boshqirdiston Davlat Universitetining taniqli olimlari ma’ruzasini tingladilar. Kafedra hozirgi kunda Respublikamizning yetakchi oliy o’quv yurtlaridan Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Samarqand Davlat Universiteti, Buxoro davlat universitetlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o`rnatgan. Kafedra a’zolarining safi yosh, iqtidorli, ilmga chanqoq magistrlar bilan kengayib bormoqda. Kafedra dotsentlari: Jalilov Anvar Abdullayevich, Abjalilov Sanaqul Xo`jamovich, katta o`qituvchi Shotemirov Yo`ldosh Safarovich o`qituvchilar: Shodiyev Sherzod Shomamatovich, Jumayeva Nilufar Farmonovna,Toshtemirova Kamola Ergashevna, Tursunova E’tibor Mo’minovna, Eshpo’latov Bobur Xudoyberdiyevich, Sayfullayeva Gulnoz Sayfullayevnalar ikki oylik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab qaytgan bo`lsalar, joriy o`quv yilida o`qituvchilar Turlibayeva Guljanna Muratovna, Begmurodov Otabek va Norchayev Rustam Tojinorovichlar ham bir oylik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab qaytdilar.Kafedra professor-o’qituvchilari hamkorlik dasturi asosida viloyatimizning umumta’lim maktablari, akademik litseylari bilan shartnomalar tuzib, shu asosda seminar-treninglar, “Mahorat maktablari” tashkil qilib kelmoqdalar. Bunday hamkorlik albatta o’z samarasini bermasdan qolmaydi.
Ilmiy-tadqiqot mavzularini tasdiqlangan professor-o‘qituvchilar..
1. 2019 yilda D.N.Ashurova falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.
2. 2021 yilda S.X.Abjalilov, D.N.Ashurova, Jalilov A.A.lar dotsent ilmiy unvonini oldi.
3. Kafedrada 8 nafar doktorant Sobirov J.A. (3-kurs), Shodiyev Sh.Sh, Mansurov D.R., Xoliqov S., Ergasheva Sh,H.(2-kurs), Sayfulloyeva G., Boymurodov J.H., Ahmadov I.A. (1-kurs) ilmiy izlanish olib borishmoqda.
Kafedraning qolgan professor-o‘qituvchilari ham o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy hamda tadbirkorlik ishlarini olib bormoqdalar. Izlanish natijalarini maqola va tezislar shaklida chop etmoqdalar. Kafedrada oxirgi 3 yilda jami 60 dan ortiq maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligidan 8 ta EHM uchun dasturiy mahsulot guvohnomalari rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan hamda 1 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya chop etilgan.
Bakalavriat
Magistratura
1. Abjalilov Sanaqul Xo‘jamovich
2. Hakimov Abdusalom
3. Uluknazarov Maxmud Jalilovich
4. Jalilov Anvar Abdullaevich
5. Chuliev Erkin Amonovich
6. Ashurova Dilfuza Nabievna
7. Norchaev Tojinor Yo‘ldoshevich
8. Shotemirov Yo‘ldosh Safarovich
9. Fayziev Murat Sharapovich
10. Muzaffarova Laylo Nuriddinovna
11. Abduraxmonov G‘ulom Erkinovich
12. Jumaev Sanjar Saydullaevich
13. Do‘stov Said Tuyboevich
14. Tursunova E’tibor Muminovna
15. Qodirova Shoira To‘raevna
16. Jumayeva Nilufar Farmonovna
17. Eshpo‘latov Bobir Xudoyberdievich
18. Shodiev Sherzod Shomamatovich
19. Majidov SHerzod Amirdinovich
20. Begmurodov Otabek Ahmadovich
21. Djumanazarova Nafisa Muhiddinovna
22. Sayfullaeva Gulnoz Sayfullaevna
23. Mansurov Dilshod Ravilovich
24. Norchaev Rustam Tojinorovich
25. Turlibaeva Guljanna Muratovna
26. Boymurodov Jo‘rabek Xusanovich
27. Ergashova Sharofat Hamroevna
28. Ahmadov Ilhom Ali o‘g‘li
29. G’afforova Dilfuza
30. Ashurova Gulshan Shuhratovna
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.