loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Informatika kafedrasi

F.I.O.Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvonip.f.f.d. (PhD), dotsent
Telefon+998 97 433-07-59
E-mailuralboynavoiy@mail.ru
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

“Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi 1988-yilda tashkil etilgan. “Matematik analiz va informatika” kafedrasi tarkibidan 2004 yil “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi sifatida ajralib chiqqan. Dastlab kafedrani 1988-1993 yillarda t.f.n. I.S.Ortiqov boshqargan. Kafedra mudiri t.f.n. I.S.Ortiqovning tashabbusi bilan kafedra ilmiy potensialini oshirish maqsadida t.f.n. B.J.Rajabov, f.-m.f.n. R.A.Ro‘ziyevlar ishga jalb qilindi. 1993-1997 yillarda kafedrani t.f.n. B.J.Rajabov boshqardi. 1998-2004 yillarda “Matematik analiz va informatika” kafedrasi mudiri lavozimida f.-m.f.n. R.A.Ro‘ziyev faoliyat olib bordi. 2004-2006 yillar “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasiga p.f.n.T.U.Utapov, 2007-2008 yillar f.-m.f.n. A.A.Ibragimov, 2008-2014 yillar f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, 2014-2019 yillar f.-m.f.n G‘.R.Yodgorov rahbarlik qildi. 2019 yil sentyabr oyidan kafedra mudiri vazifasini dotsent A.A.Ibragimov bajarib keldi va 2021yil aprel oyidan f.-m.f.n G‘.R.Yodgorov rahbarlik qild. 2021 yil sentabr oyidan p.f.f.d. (PhD), dotsent. U.M. Mirsanov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda. 2015 yil 28 fevraldan institut strukturasi o‘zgarganligi sababli kafedra nomi “Informatika o‘qitish metodikasi” deb o‘zgardi. 2003-2009 yillar mobaynida kafedraning ilmiy salohiyati sezilarli darajada oshib bordi. Kafedra o‘qituvchilarida Ibragimov A.A. 2003 yilda, Cho‘liyev E.A. 2004 yilda, Xudoyorov Sh.J. 2006 yilda, O‘tapov T.U. 2008 yilda, Yodgorov G‘.R. 2009 yilda nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2016-2018 yillarda kafedra ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2016 yildan dots.Sh.N.Nasirova va 2018 yildan dots.O.O.Suvonov kafedrada faoliyat olib bormoqdalar.

Bugungi kunda “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2012 yilda tashkil etilgan 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi bakalavr ta’lim yo‘nalishda va 2002-yildan kafedra negizida tashkil etilgan 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi magistraturasida hamda barcha ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlarga “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan tahsil berib kelmoqda.

“Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrada 2 ta yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot mavzusi tasdiqlangan:

a) Tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirish;

b) O‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash.

Birinchi yo‘nalishda kafedra professor-o‘qituvchilaridan dots. A.A.Ibragimov, dots. Sh.N.Nosirova, f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, f.-m.f.n. G‘.R.Yodgorov, katta o‘qituvchi D.N.Xamrayeva, o‘qituvchilar F.D.Xodjaboyev, F.J.Toxirov, T.T.Jo‘raqulovlar ilmiy ishlar olib bormoqdalar. Ikkinchi yo‘nalishda esa dots. R.A.Ro‘ziyev, p.f.n. T.U.O‘tapov, katta o‘qituvchilar S.S.Qo‘chqorova, M.A.Mahmudova, L.S.Qo‘ldoshev, J.I.Samandarov, M.U.Raymova, o‘qituvchilar D.D.Djurayev, D.R.Djurayeva, B.A.Yorkulov, A.O.Norbekov va L.S.Isroilovalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqdalar. “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi 33 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda, ulardan 8 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar: dots. R.A.Ro‘ziyev, dots. A.A.Ibragimov, dots. O.O.Suvonov, t.f.d.dots.Sh.N.Nosirova, f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, f.-m.f.n. G‘.R.Yodgorov va p.f.n. T.U.O‘tapov, ilmiy salohiyat 23,3% tashkil etadi.Hozirgi kunda “Informatika o‘qitish metodikasi” kaferdasidagi 33 nafar professor-o‘qituvchilarning 22 nafari to‘liq, 11 nafari o‘rindoshlik asosida talabalarga tahsil berib kelmoqda.

Informatika o‘qitish metodikasi kafedrada professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini va ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida kafedra katta o‘qituvchisi L.S.Qo‘ldoshev 2017 yil dekabrda institutda tashkil etilgan tayanch doktaranturaga o‘qishga qabul qilindi. Kafedraninng yosh professor-o‘qituvchilaridan F.D.Xodjabaev (05.01.07) – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Maxsus ko‘rinishga ega bo‘lgan interval koeffitsentli tenglamalar sistemasi yechimlarini tashqi va ichki baholash usullari” mavzusida prof.  Z.X.Yuldashev ilmiy rahbarligida, F.J.Tohirov (05.01.07) – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Задача оптимизации функционирования промышленных электрических систем с недетерминированными параметрами” mavzusida dots. A.A.Ibragimov ilmiy rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Djuraev D.D. “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash uchun integratsiyalashgan pedagogik dasturiy vositali metodik tizim yaratish” (13.00.02-Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika o‘qitish metodikasi)), Jo‘raqulov T.T. (05.01.07- Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Разработка математических моделей и алгоритмов расчёта оптимального управления процессов обучения” mavzusida dots. O.O.Suvonov ilmiy rahbarligida, Djuraeva D.R. “Zamonaviy dasturlash tillari yordamida o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish” (13.00.02 -Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika o‘qitish metodikasi)) mavzusida prof. Tayloqov N. ilmiy rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

2018 yili dekabrda kafedraning katta o‘qituvchisi Hamroeva D.N. “Алгоритмы решения алгебраической проблемы собственных значений в условиях интервальной недетерминированности данных” (“05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”, ilmiy rahbar prof. Yuldashev Z.X.) va o‘qituvchilar Yorkulov B.A. “Методика снижения субъективной неопределенности экспертной оценки качества информационных систем” (“05.01.10 – Axborot olish tizimlari va jarayonlari”, ilmiy rahbar t.f.d. prof. Ajmuxamedov I.M.) va Norbekov A.O. “Informatika fanidan asinxron o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim portali yaratish va foydalanish metodikasini takomillashtirish” (“13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika), ilmiy rahbar dots. Ruziev R.A.) mavzusida ilmiy izlanish olib borish maqsadida institutda tashkil etilgan tayanch doktaranturalarga qabul qilindi.

2019 yil kafedra ilmiy salohiyati yana oshdi, bunga sabab Toshkent kimyo-texnologiya insituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi  DSC.27.06.2017.t.04.01 raqamli ilmiy kengashida Nasirova Shaira Narmuradovna “Texnologik jarayonlarni kompyuter algoritmlash bilan boyitish fabrikalaridagi flotatsiya apparatlarini takomillashtirish” mavzusida  02.00.16 – “Kimyo texnologiyasi va oziq ovqat ishlab chiqish jarayonlarini va apparatlari” ixtisosligi bo`yicha texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini,  O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc.28.12.2017.ped.01.09 raqamli ilmiy kengashda Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematikani amaliy dasturlar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi (5–6-sinflar misolida)” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika)” ixtisosligi bo`yicha falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildilar.

F.I.O. Qaysi OTM ni tugatgan, yili Diplom bo‘yicha mutaxassisligi Qachondan buyon OTMda ishlaydi Ilmiy darajasi, unvoni
1. Yodgorov Gayrat Ro‘ziyevich NavDPI-1998 Matematik-informatik 1998 f.-m.f.n.
2. Ruziyev Rauf Axmadovich ToshDU – 1987 Mexanik 1992 f.-m.f.n., dotsent
3. Suvonov Olim Omonovich SamDU -1976 Matematik 1990 t.f.n., dotsent
4. Utapov Toyir Usmanovich ToshDU – 1989 Matematik 1991 p.f.n.
5. Ibragimov Alimjan Artikbayevich NavDPI – 1994 Matematik-informatik 1994 f.-m.f.n., dotsent
6. Xudoyorov Shuxrat Jumaqulovich SamDU-1993 Matematik 1995 f.-m.f.n.
7. Nosirova Shoira Normurotovna ToshMU 1983 Amaliy matematika 2016 t.f.d., dotsent
8. Qo‘ldoshev Lutfullo Sa’dullayevich NavDPI – 1999 Matematik-informatik 2004  
9. Quchqorova Surmaxon Suvonovna NavDPI – 1995 Matematik-informatik 1995  
10. Maxmudova Maloxat Axmadovna NavDPI – 2004 Informatika 2004  
11. Raymova Marfuga Umirzokovna NavDPI – 2005 Informatika 2006  
12. Yorkulov Behzod Abdugabbarovich NavDPI – 2005 Informatika 2006  
13. Xamroyeva Dilafro‘z Namozovna NavDPI – 2007 Informatika 2007  
14. Xolmurodova Zuhra Nishonovna NavDPI -2007 Informatika 2007  
15. Samandarov Javlon Iskandarovich NavDPI – 2008 Informatika 2008  
16. Xodjabaev Farhod Davlatbayevich NavDPI – 2009 Informatika 2009  
17. Djurayev Davron Doniyorovich NavDPI – 2014 Ta’limda axborot texnologiyalari 2014  
18. Djurayeva Dilafruz Raupovna NavDPI – 2013 Ta’limda axborot texnologiyalari 2013  
19. Toxirov Feruz Jamoliddinovich NavDPI – 2014 Ta’limda axborot texnologiyalari 2014  
20. Shamsutdinov Fazliddin Axmadovich NavDPI – 2012 Informatika 2013  
21. Norbekov Azamat Ostonaqulovich NavDPI – 2010 Informatika 2015  
22. Jo‘raqulov Tolib Toxirovich NavDPI – 2015 Ta’limda axborot texnologiyalari 2015  
23. Absobirov Samariddin Qurbonovich NavDPI – 2014 Ta’limda axborot texnologiyalari 2016  
24. Navro‘zov Baxtiyor Ixtiyorovich NavDPI – 2016 Ta’limda axborot texnologiyalari 2017  
25. Xamroyev O‘tkir Namozovich NavDPI – 2017 Ta’limda axborot texnologiyalari 2017  
26. Axmedova Shahlo Axadovna NavDPI – 2016 Ta’limda axborot texnologiyalari 2015  
27. Ma’murov Talatjon Tusunpo‘latovich NavDPI – 2017 Ta’limda axborot texnologiyalari 2017  
28. Isroilova Lola Sunnatovna NavDPI – 2015 Ta’limda axborot texnologiyalari 2018  
29. Nuraliyeva Parvina Erkinovna NavDPI – 2014 Ta’limda axborot texnologiyalari 2018  
30. Rajabov Olimjon Juraqulovich NavDPI – 1997 Matematik-informatik 2018  
31. Juraboyev Almir NavDPI – 2019 Ta’limda axborot texnologiyalari 2019  
32. Qilichev Xudoynazar NavDPI – 2019 Ta’limda axborot texnologiyalari 2019  
33. Jurayeva Aziza NavDPI – 2019 Ta’limda axborot texnologiyalari 2019  
Professor - o`qituvchilar soni 33
fan doktori, professorlar1
fan nomzodi, dotsentlar7
Katta o`qituvchi va assistent o`qituvchilar25
Ilmiy salohiyat 24%