loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Navbatdan tashqari ilmiy kengashda tashkiliy masala koʻrildi

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Tashkiliy masala koʻrib chiqilgan mazkur sessiyani institut rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor M.Kalonov olib borib, taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig’iga Zaynutdinov Ismoil Samariddin o‘g’li tayinlanganini maʼlum qilib, boshlagan faoliyatida omad tiladi. Shuningdek, kun tartibida taʼlim sifati, kafedralar hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati oshirish choralari […]

Viloyat hokimligida yangi rektor tanishtirildi

Bugun Navoiy viloyati hokimiligi binosida viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy davlat pedagogika institutiga yangi tayinlangan rektor Kalonov Muxiddin Baxritdinovichni korxona va tashkilot rahbarlariga tanishtirib, masʼuliyatli lavozimida muvaffaqiyat tilab, oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi. Shu bilan birga, ilmiy salohiyatni koʻtarish, bunyodkorlik, fan-taʼlim sohalarini yangi bosqichga olib chiqish hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borish boʻyicha oʻz tavsiyalarini […]

Magistrlik dissertatsiya himoyalari yakunlandi

3 kun davomida (24-25-26-iyun kunlari) Navoiy davlat pedagogika institutining 47 nafar magistrantlari magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Xususan, bugun Ta’lim muassasalarining boshqaruvi, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha), Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) mutaxassisliklarida himoyalar o‘tkazilib, jami 47 nafar bitiruvchi magistrantning magistrlik dissertatsiya himoyasi nihoyasiga yetdi.

Talabalarga uy berildi

Xabar berganimizdek, Navoiy shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi Normat Tursunov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining bir qator takliflarini bildirishdi. Xususan, O.Abduraimov yosh olim talabalarning ilmiy-innovatsion va “start-up” loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda oliygoh huzurida “Spin-off” markazlarini tashkil etish uchun grant ajratishni so‘radi. Shuningdek, N.Umarov tomonidan “Hokim […]

Institut talabalari hokimga o‘z takliflarini bildirishdi

“Yoshlar oyligi” doirasida ayni paytda Navoiy shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi N.Tursunovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir avvalida yig‘ilganlarga “Prezident va yoshlar” videoroligi namoyish etildi. Uchrashuvda hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, umumta’lim maktabi o‘quvchilari, oliy ta’lim va professional ta’lim rahbariyati, shu jumladan Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor M.Kalonov hamda talabalar qatnashmoqda. Institut bir guruh […]

Institutning yangi kampusi bo’yicha tanqidiy yig’ilish o’tkazildi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor M.B.Kalonov Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi №232-sonli Qaroriga asosan Navoiy shahar “Yoshlik” MFY hududida barpo etiladigan institutning yangi kampusi bilan tanishib, qurilish jarayonini masʼullar bilan muhokama qildi. Institut rektori qurilish jarayoni borishida bir qancha kamchiliklar mavjud ekanligini va mazkur kamchiliklarga masʼullarning loqaydligini tanqid qilib, tez fursatda ushbu kamchiliklarni toʻliq bartaraf […]

Vazir Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Navoiy davlat pedagogika institutida boʻlib, hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga yangi tayinlangan Kalonov Muhiddin Bahriddinovichni institut jamoasiga tanishtirdi. Shu bilan birga, vazir Q.Sharipov institut rektori sifatida ishlab kelgan Sobirov Bahodir Boypoʻlatovichni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan kuzatish marosimida qatnashdi. Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, […]

Navoiy davlat pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Kalonov Muhiddin Bahriddinovich Navoiy davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Sobirov Bahodir Boypoʻlatovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tayinlovga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

RASMAN:BUGUN QABUL YAKUNLANADI!

Rasman: bugun qabul yakunlanadi! 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bugun 23:59 ga qadar amalga oshiriladi. Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.     @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!