loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalarga uy berildi

Xabar berganimizdek, Navoiy shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi Normat Tursunov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining bir qator takliflarini bildirishdi. Xususan, O.Abduraimov yosh olim talabalarning ilmiy-innovatsion va “start-up” loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda oliygoh huzurida “Spin-off” markazlarini tashkil etish uchun grant ajratishni so‘radi. Shuningdek, N.Umarov tomonidan “Hokim kubogi” uchun respublika miqyosida munozara tanlovini tashkil etish taklifi berildi. Ushbu bildirilgan takliflar viloyat hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ijrosi nazoratga olindi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov NDPI talabalari — M.Boboyeva va B.Abduraximovlarga shahar markazidan uy berilishini ma’lum qildi. Bu uchun talabalar Yurtboshimizga hamda rahbarlarga cheksiz minnatdorlik izhor qildilar.