“Yoshlar oyligi” doirasida ayni paytda Navoiy shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi N.Tursunovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir avvalida yig‘ilganlarga “Prezident va yoshlar” videoroligi namoyish etildi.
Uchrashuvda hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, umumta’lim maktabi o‘quvchilari, oliy ta’lim va professional ta’lim rahbariyati, shu jumladan Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor M.Kalonov hamda talabalar qatnashmoqda. Institut bir guruh iqtidorli talabalari o‘z takliflari bilan viloyat hokimiga murojjat yo‘lladilar.