loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navbatdan tashqari ilmiy kengashda tashkiliy masala koʻrildi

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Tashkiliy masala koʻrib chiqilgan mazkur sessiyani institut rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor M.Kalonov olib borib, taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig’iga Zaynutdinov Ismoil Samariddin o‘g’li tayinlanganini maʼlum qilib, boshlagan faoliyatida omad tiladi.

Shuningdek, kun tartibida taʼlim sifati, kafedralar hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati oshirish choralari muhokama qilindi. Bu boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, axborot-resurs markazi fondini isloh qilish, darslik, oʻquv qoʻllanmalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, sayt va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish, turli maʼnaviy-maʼrifiy forumlarni oʻtkazish, tashkilotlar bilan xoʻjalik shartnomalar tuzish, ish rejalarni koʻrib chiqish va boshqa masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.