loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Vazir Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Navoiy davlat pedagogika institutida boʻlib, hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga yangi tayinlangan Kalonov Muhiddin Bahriddinovichni institut jamoasiga tanishtirdi. Shu bilan birga, vazir Q.Sharipov institut rektori sifatida ishlab kelgan Sobirov Bahodir Boypoʻlatovichni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan kuzatish marosimida qatnashdi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i F.To‘xtayev, NavDKTU rektori B.Mardonov, Texnopark direktori A.Abduganiyev hamda institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda vazir Q.Sharipov yangi tayinlangan rektorning mehnat faoliyati haqida maʼlumot berib, masʼuliyatli vazifada omad tiladi. Shuningdek, vazir Bahodir Sobirovni olib borgan to‘rt yarim yillik faoliyatini e’tirof etib, keyingi faoliyatida ham muvaffaqiyat tiladi.
Tadbirda so‘z olganlar ham rahbarlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

Shundan so‘ng vazirga institutda amalga oshiriladigan ishlar, xususan yangi barpo etiladigan kampus loyihasi haqida taqdimot qilindi. Vazir Q.Sharipov talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ilmiy salohiyatni oshirish va Top 1000 likka kirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi.