All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Rektor tabrigi

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan bayram tabrigi.

Nafosat malikalariga ehtirom

 Eng goʻzal oyning eng nafis bayrami – xotin-qizlarga ehtirom koʻrsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlib, yuqori maqom darajasiga koʻtarilmoqda. Jamiyatning madaniyat darajasi, maʼnaviy barkamolligi ayollarga boʻlgan munosabat bilan belgilanadi.   Donolar aytganidek, dunyoda ayol mehrining bahosini oʻlchaydigan meʼzon, tenglashtiradigan boylik yoʻq. Bu ayol degan ulugʻ xilqatda nozik taʼb, buyuk qalb, nazokatli koʻngil, betakror […]

“Universiada” musobaqasida institut jamoasi faxrli 3-oʻrinni egalladi

  Sirdaryo viloyatida gandbol bo’yicha «Universiada» sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo’lib o’tdi. Navoiy davlat pedagogika institutining «NavDPI» terma jamoasi qizlari munosib ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Institutimiz jamoasini ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz. Sport faoliyatlarida yangi natijalar tilaymiz!

Xavfsiz hayot uchun” – Velo va piyoda yurish marafoni

 Yoriy yilning  5-mart kuni erta tongdan Respublikamizning barcha hududlari qatori Navoiy viloyatida ham “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velosport va yurish marafonlari bo’lib o’tdi. Ushbu marafonda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi, jumladan institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etib, IIV tomonidan tashkil etilgan marafonda taqdirlanishdi.

Adabiyotshunos olim Abdulhamid Xolmurodov – 70 yoshda!

 Navoiy davlat pedagogika institutida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professori, adabiyotshunos olim Abdulhamid Oripovich Xolmurodov tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari: tadqiq, tahlil va yangicha yondashuv” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Ushbu anjumanni NavDPI rektori, professor Bahodir Sobirov ochiq deb eʼlon qilib, ustoz A.Xolmurodovning hayot va ijodiy faoliyati toʻgʻrisida samimiy fikrlarini izhor etdi. Shu […]

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

   Teatr deganda, avvalambor, san’atning katta bir turini tushunish lozim. Teatr san’ati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Darhaqiqat, teatr hayot ko‘zgusi, muqaddas dargoh sanaladi. Uning tarbiyaga yo‘g‘rilgan saboqlari esa kishilarni odamiylikka chorlab turaveradi. Darhaqiqat, kino yoki konsert tomoshalarini televideniye yoxud internet orqali tomosha qilish, zarur […]

ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI

  Zulfiyaxonim–vafo va sadoqat timsoli. O‘zbek xalqi buyuk siymo ijodiga hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Shoira tavalludiga bag‘ishlab, NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Tadbirda 6 nafardan ishtirokchilardan tashkil topgan jamoalar 3 shart asosida bellashdilar. Fakultetimizda faoliyat yuritayotgan “Zulfiyaxonim izdoshlari” klubining eng asosiy vazifasi har sohada fidoiy, iqtidorli-iste’dodli qizlarimizning faoliyatini yoritib borish, […]

Baxt va bahor kuychisiga ehtirom!

  Shoira Zulfiya-xalq qalbining tarjimoni, uning orzu-intilishlari ifodachisi. Zulfiyaxonim oddiy temirchi qizidan qahramon shoira darajasigacha bosib o‘tgan yo‘li bu sharq o‘zbek ayolining shonli yo‘lidir. Zulfiyaxonim o‘zining go‘zal, otashga to‘liq satrlarga boy she’rlari bilan mamlakatlar chegarasini hech qanday to‘siqlarsiz bosib o‘tdi. Uning she’rlari dunyoning 20 dan ortiq tillarida tarjima qilingan. Joriy yilning 1-mart sanasida Navoiy davlat […]

HUNAR O‘RGANAYOTGAN YOSHLAR

   Talabaning yashash va o‘qish sharoiti bilan bog‘liq muammo ta’lim va tarbiyaning sifatiga bevosita daxldordir. Shunday ekan, ularning yashash sharoitiga e’tibor doimo nazoratda bo‘lishi zarur. NavDPI 3-sonli TTJda yashovchi “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalarining yashash sharoitlari hamda darslardan tashqari vaqtda bandligi doimiy tarzda o‘rganilib borilmoqda. O‘rganish davomida talabalar yashashi va dars qilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish […]

PREZIDENT HAMDA NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

   Har yili davlat oliy ta’lim muassasalarida butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan va ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistrantura talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tayinlanib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlishni orzu qilmagan talaba boʻlmasa kerak. Navoiy […]