loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

HUNAR O‘RGANAYOTGAN YOSHLAR

   Talabaning yashash va o‘qish sharoiti bilan bog‘liq muammo ta’lim va tarbiyaning sifatiga bevosita daxldordir. Shunday ekan, ularning yashash sharoitiga e’tibor doimo nazoratda bo‘lishi zarur. NavDPI 3-sonli TTJda yashovchi “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalarining yashash sharoitlari hamda darslardan tashqari vaqtda bandligi doimiy tarzda o‘rganilib borilmoqda. O‘rganish davomida talabalar yashashi va dars qilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida, yoshlar bilan suhbat qilib, ularning taklif va muammolari o‘rganildi. Talabalarning aksariyati kitob o‘qish va dars qilish bilan band bo‘lsa, tikuvchilikka qiziqadigan qizlar tikish bilan, pazandalikka qiziqadiganlar, turli pishiriqlar tayyorlash bilan va gul yasashga qiziqadigan talabalar esa turli vositalardan gullar yasash bilan shug‘ullanmoqda. “Pedagogika sohasida o‘qish bilan bir qatorda boshqa hunarlarni ham o‘rganishni maqsad qilgan yoshlarimizni ko‘pligi quvonarli, albatta. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda kasb-hunar o‘rganib qo‘shimcha daromad topishi uchun TTJda shart-sharoitlar yaratib berilganligi uchun institutimiz ma’muriyatiga minnatdorchilik bildiraman…”-dedi fakultet 3-bosqich talabasi F.Egamova.