loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI

  Zulfiyaxonim–vafo va sadoqat timsoli. O‘zbek xalqi buyuk siymo ijodiga hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Shoira tavalludiga bag‘ishlab, NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Tadbirda 6 nafardan ishtirokchilardan tashkil topgan jamoalar 3 shart asosida bellashdilar. Fakultetimizda faoliyat yuritayotgan “Zulfiyaxonim izdoshlari” klubining eng asosiy vazifasi har sohada fidoiy, iqtidorli-iste’dodli qizlarimizning faoliyatini yoritib borish, ularni rag‘batlantirishdan iborat. “Klubga a’zo qizlarimizni soni juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Talaba-qizlar 2022-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Gulxayo Sayfullayevaning “Mahorat darslari” da zo‘r qiziqish bilan ishtirok etishadi…”-dedi fakultet tyutori M,Tursunova. Bellashuvlarda faol ishtirok etgan qizlar dekanat tomonidan taqdirlandi.