loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

   Teatr deganda, avvalambor, san’atning katta bir turini tushunish lozim. Teatr san’ati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Darhaqiqat, teatr hayot ko‘zgusi, muqaddas dargoh sanaladi. Uning tarbiyaga yo‘g‘rilgan saboqlari esa kishilarni odamiylikka chorlab turaveradi. Darhaqiqat, kino yoki konsert tomoshalarini televideniye yoxud internet orqali tomosha qilish, zarur bo‘lsa ulardan nusxa ko‘chirib olish mumkin. Lekin teatr shu qadar nozik san’at turlaridan sanaladiki, tomoshabin rol ijro etayotgan aktyorlarning nigohi va nafasini, har bir so‘ziyu xatti-harakatini jonli tarzda ko‘rib, his qilib turadi. Ko‘z oldida sahna turadi, shu yerda aktyorlar bilan birga yashaydi, yig‘laydi, kuladi… Navoiy viloyat hokimligi, madaniyat boshqarmasining katta konsert zalida, Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti jamoalari o‘rtasida bo’lib o’tgan hududiy bosqichda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi “Teskari dunyo” spektakli bilan faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.