All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

TALABAMIZ JAHON KUBOGIDA OLTIN MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

   Joriy yilning 13 — 16-aprel kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida sportning “Jang san’ati” turi bo‘yicha Jahon kubogi bahslari bo‘lib o’tdi. Unda jahonning turli mamlakatlaridan kelgan sportchilar o‘zaro bellashishdi. Quvonarlisi, 74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talabasi Isroilov Nurshohruh Sunnat o‘g‘li barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-o‘rinni […]

 “Pravda vostoka” gazetasida G.Norovaning maqolasi chop etildi

 “Pravda vostoka” gazetasining 15-aprel №73-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Taʼlim-fan va jamoatchilik kengashi aʼzosi Gulsanam Norovaning «Гармонизация системы образования Узбекистана с Международной» (O’zbekiston ta’lim tizimini xalqaro ta’lim bilan uyg’unlashtirish) nomli maqolasi chop etildi.  

“Oʻzgacha olam” rasmlar koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi

  Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi, Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Oʻzgacha olam” rasmlar koʻrgazmasining ochilish marosimi o’tkazildi. Unda O’zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati bo’limi boshlig’i Suxrob Qodirov va uyushma a’zosi Naim Qodirov, institut rahbariyati, fakultet professor-o’qituvchilari hamda talabalar […]

Yangi O’zbekistonda Yangi Konstitutsiya bilan!

  Joriy yilning 14-aprel kuni  NavDPI Matematika- informatika fakultetida Konstitusiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Targ’ibot tadbirida professor Nasirova Shaira Narbekovna so’zga chiqib, asosan ta’lim va ilm-fanga oid normalar, xususan,aholi salomatligini asrash, majburiy mehnat, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, inson huquq va erkinliklari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi va yangi tahrirdagi […]

Futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boʻlib oʻtmoqda

  Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli tanlovlar, viktorinalar, sport oʻyinlari, intellektual baxslar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar anʼana tusiga kirib, muntazam oʻtkazib kelinmoqda.  Bugungi kunda futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari fakultetlar boʻylab davom etayapti.   Ayni paytda Matematika-informatika fakultetida saralash oʻyinlari oʻtkazilayapti. Unda fakultet talabalaridan iborat 6 ta jamoa: “Liderlar”, […]

Adolatli jamiyat uchun ovoz beramiz

  Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda «Adolatli jamiyat uchun ovoz beramiz» nomli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti, arabshunos olim Aduhalimov Bahrom Abdurahimovich, Navoiy viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Inna Korjikova va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, kuy-qo‘shiqlarga boy bo’ldi.

Oliy Majlis Senati Raisi Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

  Tanzila Narbayeva dastlab Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdi. Institut rektori Bahodir Sobirov ilmiy salohiyat, institutda erishilayotgan yutuqlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Shundan soʻng Tanzila Narbayeva professor-oʻqituvchilar va talaba yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi mazmun-mohiyati, unga kiritilayotgan normalarga to’xtalib o’tdi. Barcha islohotlar bir maqsadga – har bir […]

Hamkorlik memorandumi imzolandi

  Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.Navoiy davlat pedagogika institutida taʼlim sifati va samarodorligini oshirish, taʼlim jarayonini raqamlashtirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda xorijiy davlatlarning yetakchi universitetlari bilan 30 ga yaqin hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi. Anʼanaga muvofiq, joriy yilning 11-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika […]

Globallashuv va uning siyosiy sohaga g’oyaviy mafkuraviy ta’siri mavzusida ochiq ma’ruza

  Joriy yilning 12-aprel kuni Milliy g’oya,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti Daminov Nabijon Abduolimovich  Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2-kurs D,E guruhlariga «Globallashuv va uning siyosiy sohaga g’oyaviy mafkuraviy ta’siri» mavzusida ochiq ma’ruza o’tdi. Ochiq ma’ruza qiziqarli savol va javoblar tarzida o’tildi.