loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Hamkorlik memorandumi imzolandi

  Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.Navoiy davlat pedagogika institutida taʼlim sifati va samarodorligini oshirish, taʼlim jarayonini raqamlashtirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda xorijiy davlatlarning yetakchi universitetlari bilan 30 ga yaqin hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi.

Anʼanaga muvofiq, joriy yilning 11-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika institutiga Rossiya Federatsiyasi Qozon Federal universitetining bir gurux vakillari: QFUning Muxandislik instituti Sifatni boshqarish kafedrasi mudiri I.I.Xafizov; universitetning Fizika instituti xalqaro faoliyat boʻyicha masʼuli U.M.Saʼdiyev hamda taʼlim faoliyati boʻyicha direktor oʻrinbosari G.I.Garnayeva; Dizayn va sanʼat instituti ijtimoiy va tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari I.M.Razetdinov; Yelabuj kolleji mudiri I.I.Gizdatulina; Matematika va mexanika instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.F.Tazyukov; Axborot texnologiyalari va intellektual tizimlar instituti direktor oʻrinbosari I.A.Maksimovalar tashrifi boʻlib oʻtdi.

Tashrif davomida ikki OTM oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bundan koʻzlangan maqsad — taʼlim sohasida qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, xalqaro akademik almashunuv doirasida hamkor universitetlarda taʼlim oluvchilarni, pedagogik kadrlarni oʻqitish, malaka oshirish hamda ilmiy-taʼlim faoliyatini takomillashtirish, hamkorlikda ilmiy-innovatsion faoliyatni olib borish, taʼlim oluvchilarni halqaro baholash tizimini (stem, steam, pirls, pisa) boʻyicha oʻrgatish va ishlab chiqish.

 

Shuningdek, Qozon federal universiteti Fizika instituti direktori Marat Gafurov onlayn tarzda qatnashib, bu memorandum kelgusidagi aloqalarimiz uchun xizmat qilishini alohida taʼkidladi va hamkorlik ishlari boshlanganidan bagʻoyatda xursandligini eʼtirof etdi. Shundan soʻng mehmonlar Fizika-texnologiyalar fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan tajriba almashib, talabalarga mahorat darsi oʻtib berishdi.