Joriy yilning 13 — 16-aprel kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida sportning “Jang san’ati” turi bo‘yicha Jahon kubogi bahslari bo‘lib o’tdi. Unda jahonning turli mamlakatlaridan kelgan sportchilar o‘zaro bellashishdi. Quvonarlisi, 74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talabasi Isroilov Nurshohruh Sunnat o‘g‘li barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchi talabamizni, ota-onasi va ustozlarini g‘alaba bilan tabriklaymiz. Keyingi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!