All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Oʻzgacha olam” rasmlar koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi

  Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi, Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Oʻzgacha olam” rasmlar koʻrgazmasining ochilish marosimi o’tkazildi.

Unda O’zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati bo’limi boshlig’i Suxrob Qodirov va uyushma a’zosi Naim Qodirov, institut rahbariyati, fakultet professor-o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Navoiy shahridagi “Sanʼat galereyasi» binosida Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fakultet oʻqituvchisi Sherzod Choriyev va fakultet talabalari — Marjona Mustafoyeva, Dilnura Gʻafforova, Diyora Hikmatilloyevalar tomonidan yaratilgan san’at asarlari namoyish etildi. Festival doirasida liboslar ko’rgazmasi ham bo’lib o’tdi.

 

Ko’rgazma 17-mayga qadar davom etadi.