Joriy yilning 14-aprel kuni NavDPI Matematika- informatika fakultetida Konstitusiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Targ’ibot tadbirida professor Nasirova Shaira Narbekovna so’zga chiqib, asosan ta’lim va ilm-fanga oid normalar, xususan,aholi salomatligini asrash, majburiy mehnat, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, inson huquq va erkinliklari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi va yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizning qabul qilinishi xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonun bo‘lishini ta’kidlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.