All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

2023/2024-o’quv yili uchun qabul boshlandi. Abituriyentlar bilishi kerak bo’lgan dolzarb savollarga muhim javoblar

  2023/2024-o’quv yili uchun qabul boshlandi. Abituriyentlar bilishi kerak bo’lgan dolzarb savollarga muhim javoblar. AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Bilimni baholash agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida joriy o‘quv yili uchun OTMlarga qabul masalalari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Batafsil: 👉 https://yqqedu.uz/133

O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar borligi ma’lum qilindi

 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi. Bu boradagi tartib o‘tgan yili qat’iylashtirilgan. Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi. O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: talaba turmushga […]

Abituriyent hujjat topshirish uchun qancha to‘laydi?

 Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 165 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘laydi. Test sinovi o‘tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 165 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak. Kimlar to‘lovdan ozod qilingan: — taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar; — Mehribonlik uyi […]

Magistrlik dissertatsiya himoyalari davom etmoqda

 Navoiy davlat pedagogika institutida bitiruvchi magistrlarning magistrlik dissertatsiyasi himoyalari davom etmoqda. Xususan, Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha), Ta’lim muassasalarining boshqaruvi, Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati, Musiqa ta’limi va san’ati, Ijtimoiy-gumanitar fanlar o’qitish metodikasi (tarix), Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya), Matematika (yo’nalishlar bo’yicha), Ta’limda axborot texnologiyalari, Aniq va tabiiy […]

Abituriyentlarga maslahat va ma’lumotlar beruvchi Call-center o’z faoliyatini boshladi

  Navoiy davlat pedagogika institutida abiturientlar va ularning ota-onalariga ma’lumot beruvchi «Maslaxat markazi» va «Call markaz» o’z faoliyatini boshladi.     Quyidagi telefon raqamlar orqali Siz qabul jarayoni bilan bogʻliq oʻzingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishingiz mumkin: (79) 225-19-68; (79) 225-19-23; (79) 225-08-14; (79) 225-19-27; (79) 225-19-37. Shuningdek, qoʻshimcha maʼlumotlar rasmiy platformalarimiz orqali ham berib […]

Talant shou yosh iqtidorlarni kashf qildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, iqtidorli talaba-yoshlarni kashf etish, ularni rag’batlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g’ri taqsimlash maqsadida, shuningdek, “Yoshlar oyligi“ doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Talant shou“ ko‘ngilochar tanlovi o‘tkazildi. Institut rahbariyati ko‘magida yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan tashkil […]

NAVOIY VILOYATIDA TEST SINOVLARI YAKUNLANDI

  Navoiy davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 215-sonli buyrugʻiga binoan Respublika ishchi guruhi tomonidan 12-13 iyun kunlari NavDPI va NavDKTU professor-o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini baholash va milliy reytingini aniqlash bo‘yicha chet tillari hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, shuningdek, tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalarining mutaxassislik fanlaridan test topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Test jarayonlari […]

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

  Navoiy davlat pedagogika institutida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Navoiy viloyati hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalari bo‘limi hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish — davr talabi“ mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda xalqaro ilmiy tadqiqot markazi mas’ul xodimlari — Shukrullo Umarov, Sirojiddin Abduvoitovlar yurtimizda turkiy sivilizatsiya va diniy, dunyoviy […]

TALABAMIZ SAMBO BO‘YICHA OSIYO CHEMPIONI BO‘LDI

  Joriy yilning 10-iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan sportning Sambo turi bo‘yicha Osiyo chempionatida, NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Gulina Oblaqulova barcha raqiblarini mag’lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi! Gulina Oblaqulova sharafiga O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Institut jamoasi nomidan talabamizni, ota-onasi va ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!!!