Navoiy davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 215-sonli buyrugʻiga binoan Respublika ishchi guruhi tomonidan 12-13 iyun kunlari NavDPI va NavDKTU professor-o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini baholash va milliy reytingini aniqlash bo‘yicha chet tillari hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, shuningdek, tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalarining mutaxassislik fanlaridan test topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Test jarayonlari Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limida o‘tkazilib, belgilangan tartibda institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishdi. Jarayonlar onlayn translyatsiya qilindi.