All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talant shou yosh iqtidorlarni kashf qildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, iqtidorli talaba-yoshlarni kashf etish, ularni rag’batlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g’ri taqsimlash maqsadida, shuningdek, “Yoshlar oyligi“ doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Talant shou“ ko‘ngilochar tanlovi o‘tkazildi.

Institut rahbariyati ko‘magida yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan tashkil etilgan va talabalarning iqtidorini kashf etishga bag’ishlangan tanlov pozitiv kayfiyat va raqslarga boy tarzda olib borildi. Iste’dodli gitarachi talabalar o‘zlarining milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlari bilan davraga fayz kiritdi.

Konkurs natijalariga ko‘ra g’oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1- o‘rin — Sanjar Nurullayev (5 mln so‘m);
2- o‘rin — Shaxboz Tulayev (4 mln so‘m);
3- o‘rin — Sanjar Narzullayev (3 mln so‘m).

Tanlov doirasida taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida turli tanlov va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va talabalar institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.