All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

  Navoiy davlat pedagogika institutida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Navoiy viloyati hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalari bo‘limi hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish — davr talabi“ mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda xalqaro ilmiy tadqiqot markazi mas’ul xodimlari — Shukrullo Umarov, Sirojiddin Abduvoitovlar yurtimizda turkiy sivilizatsiya va diniy, dunyoviy ilmlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning boy ilmiy merosi haqida maʼruza qilishdi. “Jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish gʻoyasining ahamiyati kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari dalillar asosida keng bayon qilindi hamda batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, nashr etilgan “Musnadi Keshiy”, “Musnadi Dorimiy”, “Shamoili Buxoriy” nomli yangi kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.