loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Magistraturaga qabul boshlandi

2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi. 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olgan talabalarga diplom topshirildi

Navoiy davlat pedagogika instituti va Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti oʻrtasida imzolangan “Hamkorlik toʻgʻrisida”gi xalqaro memorandumga muvofiq 2024-yilning 28-iyunida Polotsk davlat universitetida tahsil olgan Oʻzga tilli guruhlarda rus tili hamda Psixologiya: amaliy psixologiya bakalavr taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri tashkil qilindi. Maʼlumot oʻrnida, 19 nafar talabamiz 2022-yilda Polotsk davlat universitetiga “2+2” qoʻshma taʻlim dasturi […]

Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari!

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yil 1-iyul — 1-avgust kunlari respublikamiz hududida “Yong’in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Jizzaxda II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazildi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida YuNESKO va AYSESKO shafeligi ostida O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan “II Xalqaro maqom san’ati anjumani”da 80 ga yaqin davlatlardan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Faxr bilan shuni aytishimiz mumkinki, ushbu xalqaro festivalda Navoiy viloyati delelegatsiyasi tarkibida NavDPI San’atshunoslik fakulteti Vokal san’ati yo‘nalishi 3-kurs talabasi Xayrullayev Jaxongir o‘zining mumtoz kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi. Talabamizning ijodiy ishlarida omad yor bo‘lsin!

30-iyun — Yoshlar kuni

Qadrli yoshlar, Aziz talabalar! Sizlarni — Oʻzbekiston yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bundan yetti yil avval – 2017-yilning 30-iyun kuni Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Ushbu sananing Oʻzbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida Mustaqilligimiz solnomasidan munosib oʻrin egallagani nafaqat yoshlarimiz, balki […]

Rektor institut hududini koʻzdan kechirdi

Xususan, institut rektori M.Kalonov Oʻzbek tili va adabiyoti, Tarix, Maktabagacha va boshlangʻich taʼlim, Sanʼatshunoslik, Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarini, 2-sonli talabalar turar joyini koʻzdan kechirdi. Oʻrganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, foye va oʻquv xonalarini jahon standartlariga moslashtirish boʻyicha sezilarli ishlar qilinmaganligi, bunda jahonning nufuzli oliy taʼlim muassasalari amaliyoti institutda joriy qilish, binolarga kirishda “Face […]

Yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig’ilishi o‘tkazildi. Navoiy viloyati markaziy studiyasidan Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, i.f.d., professor M.Kalonov hamda institutning bir guruh faol va iqtidorli yoshlari ham qatnashishdi. Tadbir so‘ngida instituti rektori institutida faoliyat olib borayotgan Yoshlar ittifoqi koordinatorlari va tashabbuskor yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularni bayram […]

“Har biringiz hayotda munosib oʻrningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni toʻliq ishga solamiz” – Prezident

  Yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda soʻnggi yetti yil yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishda “katta sakrash davri” boʻlganini taʼkidladi. Shu yetti yil ichida yoshlarga […]

Talabalar baliqchilik firmasida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamda Navoiy viloyat “Yoshlar-kelajagimiz jamg’armasi” hamkorligida oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, yo‘nalish koordinatorlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Yashil Orol by Grand” baliqchilik firmasiga sayohat dasturi amalga oshirildi. Sayohat davomida yoshlarimizga MChJ direktori Ma’rufjon Karimov tomonidan baliqchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.