loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor institut hududini koʻzdan kechirdi

Xususan, institut rektori M.Kalonov Oʻzbek tili va adabiyoti, Tarix, Maktabagacha va boshlangʻich taʼlim, Sanʼatshunoslik, Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarini, 2-sonli talabalar turar joyini koʻzdan kechirdi. Oʻrganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, foye va oʻquv xonalarini jahon standartlariga moslashtirish boʻyicha sezilarli ishlar qilinmaganligi, bunda jahonning nufuzli oliy taʼlim muassasalari amaliyoti institutda joriy qilish, binolarga kirishda “Face ID” tizimini oʻrnatish, yo‘laklar va oʻquv xonalarini kerakli jihozlar, atributlar, inventarlar, qo‘llanmalar hamda olimlarning tarbiyaviy, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik soʻzlari, ularning suratlari bilan boyitish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Fakultetga kiraverishdagi yozuvlar va arkalarni qayta tartibga solish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, institutda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar eʼtirof etildi. Jumladan, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetining oʻquv xonalari sifatli, did bilan, kerakli barcha jihozlar bilan taʼminlanganligi aytib oʻtildi. Yoshlar ittifoqi xonasi ham tartib bilan bezatilganligi ta’kidlandi.

Sanʼatshunoslik fakulteti oʻquv binosi taʼmirtalab boʻlsada, taʼlim sifati, fakultetning ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi yuqori ekanligi aytildi. 2-sonli talalabalar turar joyida istiqomat qilayotgan, imkoniyati cheklangan talaba Sardor bilan muloqot qilindi. Talaba yaratilgan sharoitlar uchun Yurtboshimizga va institut rahbariyatiga oʻzining samimiy minnatdorligini bildirdi.

Shundan soʻng institut rektoriga Fizika-texnologiya fakultetining oʻquv va laboratoriya xonalarida yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Fizika molekulyar laboratoriya xonalarini ommaga koʻrsatish boʻyicha matbuot xizmatiga topshiriq berildi.