All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olgan talabalarga diplom topshirildi

Navoiy davlat pedagogika instituti va Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti oʻrtasida imzolangan “Hamkorlik toʻgʻrisida”gi xalqaro memorandumga muvofiq 2024-yilning 28-iyunida Polotsk davlat universitetida tahsil olgan Oʻzga tilli guruhlarda rus tili hamda Psixologiya: amaliy psixologiya bakalavr taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri tashkil qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, 19 nafar talabamiz 2022-yilda Polotsk davlat universitetiga “2+2” qoʻshma taʻlim dasturi boʻyicha oʻqishga ketishgan. Bugun ularga ikki davlatning diplomlari tantanali topshirildi.