loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

30-iyun — Yoshlar kuni

Qadrli yoshlar, Aziz talabalar!

Sizlarni — Oʻzbekiston yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bundan yetti yil avval – 2017-yilning 30-iyun kuni Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Ushbu sananing Oʻzbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida Mustaqilligimiz solnomasidan munosib oʻrin egallagani nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz hayotida tarixiy voqea boʻlgan edi.

Navoiy davlat pedagogika institutida qariyb 22 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularga sifatli ta’limni tashkil etish maqsadida 650 ga yaqin yuksak salohiyatli, bilimli va tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ahamiyatlisi, ular orasida yosh kadrlar ham talaygina.

Bugun institutimizda bir qator nomdor stipendiyalar sohiblari, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha chempionlar, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, ko‘plab innovatsion ishlanmalar, startap loyihalar egalari, umuman olganda, chinakan iqtidor egalari tahsil olmoqda. Biz talaba yoshlarimiz bilan hamisha faxrlanamiz!

Shu fursatdan foydalanib, Siz aziz yoshlarni bugungi bayram — Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, oʻqish va ishlaringizda, oilaviy hayotingizda, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman.

Hamisha sog’ va salomat bo‘ling!

Hurmat bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Kalonov Muxiddin Baxritdinovich.