All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Xotin-qizlar faoliyatida innovatsion yondashuv: yutuqlar va istiqboldagi rejalar

   Joriy yilning 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Ushbu kun, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga binoan, 2016-yildan beri nishonlanadi. Bundan koʻzlangan maqsad ayollarning ilm-fandagi salohiyatiga eʼtibor qaratish va qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan «Xotin-qizlar faoliyatida innovatsion yondashuv: yutuqlar va istiqboldagi rejalar» nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo’lib […]

CELTA xalqaro tajribasi amalda

 2022-yil oktyabr oyida Buyuk Britaniyaning NILE – Noridj tillar o’qitish instituti va LILA til markazida «CELTA» o’quv kursida ishtirok etgan NavDPI Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-o’qituvchilari D.Kodirova, N.Ochilova, N.Amonlikova, Yu.Hasanova va D.Istamovalar tomonidan “CELTA Experience” mavzusida seminar-trening o’tkazildi. Seminarda fakultet professor-o’qituvchilari bilan CELTA o’quv kursida olingan bilim, ko’nikma va malaka, chet tili o’qitish metodologiyalarini […]

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan tadbir

 Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiydan milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz uchun bebaho ijodiy-ilmiy meros qolgan. Bobomizning buyuk va bebaho nodir adabiy asarlari asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. Yurtimizda ham buyuk bobokalonimiz ijodi doimiy o‘rganilib kelinmoqda. Ulug‘ ajdodimizning hayotiy o‘g‘itlarini o‘rganish, asarlarini e’tirof etish biz avlodlarning  burchimiz desak […]

«NAVOIY YODI ILA YASHAYMIZ MUDOM»

   Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni “shams ul-millat” — millat quyoshi deb hamma davrlarda e’zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir. Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi va […]

Alisher Navoiy buyuk davlat arbobi va ma’naviyat gultoji

  Alisher Navoiy oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulugʻlaganlar. “Nizomiddin” – din nizomi deganidir. Koʻpincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” – amir demakdir. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan. Alisher Navoiy oʻzining oʻlmas asarlari orqali oʻzbek tilining goʻzalligini, boyligini va qudratini olamga […]

“Adolat” SDP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan davra suhbati

   O’zbekiston “Adolat” SDP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bilan “Saylov shtabi” davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston “Adolat” SDP Navoiy viloyat Kengashi raisi R.Xayitov, “Yoshlar qanoti” a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda partiyaning viloyat Kengashi raisi R.Xayitov saylovning o’tkazilish bosqichlari bo’yicha tushuncha berib o’tdi.

“Maʼrifat maydoni” koʻrik-tanlovi viloyat bosqichida boʻlib oʻtdi

 Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari oʻrtasida “Maʼrifat maydoni” koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Jamoalar 3 ta shart: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha o’zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko’ra NavDKTU jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning keyingi bosqichiga yo’l oldi.

Rektor va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida talaba-yoshlar bilan sayyor qabul uchrashuvlari boshlangan edi. Joriy yilning  4-fevral kuni ana shunday uchrashuvlar Sanʼatshunoslik, Tarix, Fizika-texnologiyalar, Jismoniy madaniyat, Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari talaba-yoshlari bilan oʻtkazildi. Unda barcha sohalar kabi oliy taʼlim tizimidagi tub oʻzgarishlar, talabalar uchun berilayotgan imtiyozlar, grandlar […]

Hisobot va maqsadlar muhokama qilindi

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev hamda birinchi prorektor Xurshid Qurbonov boshchiligida Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat, Sanʼatshunoslik hamda Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetlari tyutorlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tyutorlarning 5 oyda bajargan ishlari hisoboti eshitilib, kelgusi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, talabalar jinoyatchiligini oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash borasida topshiriqlar berildi. Uchrashuvda profilaktika inspektorlari, […]

Institut rektori talabalar bilan sayyor qabul oʻtkazdi

  Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining kunduzgi, sirtqi va 2-mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotgan talabalari bilan institut rektor B.Sobirov hamda prorektor X.Qurbonov tomonidan talabalar har jabhada faol boʻlishlari, oʻz ustilarida muntazam shugʻullanishlari, vazirlik va institut miqyosida oʻtkazilayotgan tanlov, musobaqa va viktorinalarda faol boʻlishlari, boʻsh vaqtlarida kitob mutolaasi bilan shugʻullanish kabi bir qator taklif va tavsiyalar berib oʻtildi. […]