loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida talaba-yoshlar bilan sayyor qabul uchrashuvlari boshlangan edi.

Joriy yilning  4-fevral kuni ana shunday uchrashuvlar Sanʼatshunoslik, Tarix, Fizika-texnologiyalar, Jismoniy madaniyat, Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari talaba-yoshlari bilan oʻtkazildi.

Unda barcha sohalar kabi oliy taʼlim tizimidagi tub oʻzgarishlar, talabalar uchun berilayotgan imtiyozlar, grandlar haqida soʻz bordi. Shuningdek, talabalar tomonidan ham bir qator takliflar ilgari surilib, aksariyat takliflar to’liq qo’llab-quvvatlandi. Ba’zi takliflar esa o’rganilib, nazoratga olinishi ta’kidlab o’tildi.